IBODULLA SULTON

IBODULLA SULTON (?-1586) -Shayboniy sultonlardan, Abdullaxon II ning inisi. Iskandarxon (1563— 1583) va Abdullaxon II (1583-98) hukmronligining dastlabki yillarida Samarkand hokimi bo’lgan. 1583 yil Abdullaxon bilan oralari buzilgan, Abdullaxon Andijonda isyon ko’targan Isfandiyor sultonga qarshi qo’shin tortganda Ibodulla Sulton unga qo’shilishdan bosh tortgan. Do’stum Sulton (Toshkent hokimi), Isfandiyor Sulton (Andijon hokimi) va O’zbekxon (Hisor hokimi) bilan Abdullaxonga qarshi ittifoq tuzib (1586 yil 3 avgust) Ibodulla Sulton boshliq qo’shin Buxoro atrofini talon-taroj qilgan. 16 avgustda fitnachilar tomonidan o’ldirilgan.