IDEALLASHTIRISH
IDEALLASHTIRISH (Yunoncha ideya so’zidan) — 1) badiiy ijodda biror narsa hodisa, voqea va shaxsni aslidagidan ko’ra mukammalroq tasavvur qilish, tasvirlash. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod, Shirin; Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidagi Otabek, Kumush obrazlari; 2) aslida bo’lmagan, lekin mavjud olamda timsoli bor bo’lgan (masalan, absolyut qora jism, ideal gaz va boshqalar) ob’yektlar, jarayonlar va hodisalar haqidagi tushunchalarni fikran modellash. Ideallashtirish qonunlarni ta’riflash, hayotiy jarayonlarning mavhum shakllarini tuzish imkonini beradi.