IERIXON
IERIXON — o’lik dengizning shimoli-g’arbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Miloddan avvalgi 7—2-ming yillikda Falastindagi qadimgi manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qo’sh devori bo’lgan shahar xarobasi (miloddan avvalgi 18-16- asrlar), maqbaralar ochilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga ko’ra, Ierixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan (“Ierixon karnaylari”) qulab tushgan.