FADEYEV ALEKSANDR ALEKSANDROVICH

FADEYEV ALEKSANDR ALEKSANDROVICH [1901.11(24). 12, hozirgi Kalinin viloyati Kimri shahri — 1956.13.5, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 1908 yil Fadeyevlar oilasi uzoq Sharqqa ko’chib kelgan. Fadeyev shu yerda tijorat bilim yurtida o’qigan (1912-19) va bolsheviklarga yaqinlashib, inqilobiy faoliyat bilan shug’ullangan. Moskvadagi Tog’kon akademiyasida 2 yil tahsil olgach, partiyaviy ishlarda xizmat qilgan (1924-26). SSSR Yozuvchilar boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan (1926-56). Butunjahon tinchlik kengashi vitseprezidenti (1950-56). Ijodi 1923 yilda boshlangan (“oqimga qarshi”. hikoya). Uzoq Sharqdagi partizanlar urushiga bag’ishlangan “tormor” romani (1927)da yovvoyi tayga sharoitida kurashayotgan kishilarning mashaqqatli hayoti taevirlangan. Fadeyev ushbu romani bilan hali shakllanib ulgurmagan sosialistik realizm metodining asosiy tamoyillarini belgilab bergan. Fadeyev 30-yillarda sovet yozuvchilarining 1-s’yezdini o’tkazish va SSSR Yozuvchilar uyushmasini tashkil etishga katta kuch sarflagan. Ayni vaqtda 6 qismdan iborat “Udegening so’nggisi” romani (1929-40, 4 qismi yozib tugatilgan) ustida jiddiy ish olib borgan. Fadeyev 2-jahon urushi yillari (1943) da Krasnodon sh.dagi yashirin tashkilot a’zolarining nemis bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashiga oid hujjat va xotiralar bilan tanishib, “Yosh gvardiya” romanini (1945) yozgan. Tanqidchilik Fadeyevni partiyaning yashirin tashkilot faoliyatidagi rolini romanda to’g’ri aks ettirmaganlikda ayblagan va yozuvchi asarni qayta ishlashga majbur bo’lgan (1957). Fadeyev adabiy-tanqidiy maqolalari bilan ham sotsialistik realism metodi asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. U butun umri davomida Stalin va partiya ishiga sodiq qolgan. Shaxsga sig’inishning fosh etilishi bilan yuzaga chiqqan fojiali voqealar tufayli Fadeyev o’zini-o’zi otib o’ldirgan. Asosiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Sochineniya, t. 13, M, 1981-82; O Literature. Sbornik statey, M., 1970; Tormor, T., 1971; yosh gvardiya, T., 1982.