FAYZIYEV HOTAM XOLMATOVICH

FAYZIYEV HOTAM XOLMATOVICH (1937.10.5, Toshkent) — kinooperator, rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1983). “Besh og’aynilar” filmi uning birinchi mustaqil ishidir. Keyinchalik “Sen yetim emassan”, “Surayyo”, “vijdon amri bilan”, “Toshkent non shahri”, “Sevgi fojiasi”, “Abu Rayhon Beruniy”, “yilning to’rt fasli”, “sel”, “ehtiyot bo’l! Ilon!”, “Buvimni qaytaring”, “hayot mazmuni”, “Alif Laylo”, “Yulduzimni qaytib ber”, “katta janjal”, “utgan kunlar”, “Ayollar saltanati”, “Chimildiq”, “Sardor”, “Dilxiroj”, “Yodgor”, “dard” kabi badiiy va ko’p qismli television filmlarga operatorlik qildi. Shuningdek, “Serquyosh joy”, “O’zbek san’ati dekadasi”, “qirq yil va bir kun”, “Toshkent — zilzila!”, “Samarkand, hamisha men bilan”, “Navoiy shahri”, “Mening minglab o’g’il qizlarim”, “Avlodnoma”, “Murodning orzuumidlari”, “Ayol madhiyasi”, “Bobur”, “tushlar” kabi hujjatli filmlarni ham suratga olgan. “Nashtar”, “Zumrasha” satirik kinojurnallarining ko’p sonlariga rejissyor operatorlik qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).