FUSHUN
FUSHUN — Xitoyning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Xuanxe daryosi bo’yida. Lyaonin provintsiyasida. Aholisi 1,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning og’ir sanoat markazlaridan. Alyuminiy eritish korxonasi, yirik po’lat quyish, mashinasozlik, neft kimyosi va tsement zavodlari bor.