KABARDA-BALKARIYA
KABARDA-BALKARIYA, Kabar – Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 12,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 786,3 ming kishi (1999). Poytaxti — Nalchik shahri. Ma’muriy jihatdan 9 tuman, 7 shahar, 7 shaharchaga bo’linadi. Davlat tuzumi. Kabarda-Balkariya — respublika. Davlat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Respublika Kengashi va Vakillar Kengashi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Kabarda-Balkariya Katta Kavkazning shimoliy yon bag’rida va unga yondosh Kabarda tekisligida joylashgan. Uning eng baland tog’ cho’qqilari (Elbrus 5642 metr, Dixtov 5203 metr, Shxara 5068 metr) respublikaning Janubiy- g’arbi va Janubda Yer yuzasi shimoli-sharqqa tomon pastlab boradi. Tog’ tizmalari, jarlik, buloq, ko’llar ko’p. Qazilma boyliklari: molibden, volfram, polimetall rudalari, oltin, toshko’mir, mineral qurilish materiallari. Shifobaxsh buloqlar bor. Iqlimi mo’tadil kontinental, tog’larda balandlik mintaqasi qonuniyatiga bo’ysunadi. Kabarda tekisligida o’rtacha temperatura yanvarda — 4°, iyulda 23°. Yillik yog’in 500 millimetrdan 2000 millimetrgacha. Tog’larda yanvar- Fevralning o’rtacha temperaturasi — 12° gacha va iyul-avgustniki 4° dan pastroq. Bezengi, Dixsu va boshqa muzliklar bor. Yirik Daryolari: Terek, Malka, Baksan va boshqalar. Ular bahorda sersuv. Kabarda tekisligi qora, o’tloqi-qora, respublika shimoli-sharqi — qora-kashtan tuproqli. O’rmonlarda qora qayin, grab, eman, qayin, qandag’och, qarag’ay va boshqalar o’sadi. Tog’larda silovsin, tog’va o’rmon suvsari, qo’ng’ir ayiq, to’ng’iz, bug’u, tog’ echkisi, tur; qushlardan qirg’ovul, chil, kaklik, bedana, baland tog’larda ular (tog’ kurkasi) ko’p uchraydi. Kabarda-Balkariya qo’riqxonasi va Elbrus tabiiy milliy bogi tashkil etilgan. Aholisi. Tub aholisi — kabardinlar va bolqorlar; ruslar, ukrainlar, osetinlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili — Kabarda, bolqor, rus tillari. Kabardin va bolqorlar — musulmon sunniylar. Aholisining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nalchik, Proxladniy, Baksan. Tarixi. Kabarda-Balkariya hududida mezolit va neolit davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Kabardinlarning ajdodlari — Adigelar (Sind, meot, zix, kerket qabilalari) Azov va qora dengiz soqillarida yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida sindlar yagona davlatga birlashdi. Keyinchalik ular Bospor Podshohligiga qo’shildi. 4-asrda xun (Gunn) larning bostirib kelishi natijasida Adige (adigey)larning rivojlangan xo’jaligi va madaniyati tushkunlikka uchradi. Shimoliy Kavkaz va Alan qabilalarining bolgarlar va qipchoqlar bilan aralashuvi natijasida bolqor xalqi vujudga keldi. 13-asr boshlarida mo’g’ullar bostirib kelgach, bolqorlar tog’larga ko’chib ketishga majbur bo’lishdi. Mo’g’ullar mahalliy aholidan ko’p kishini qirib yubordi. 13-14-asrlarda adigelarning bir qismi kabardinlar deb atala boshladi. 17-asrda Kabarda katta Kabarda va kichik Kabardaga bo’lindi. 1557 yil Kabardani Rossiya bosib oldi. 1774 yil Kabarda Rossiyaning ajralmas qismi deb e’lon qilindi. 1827 yil Rossiyaga Balkariya ham qo’shib olindi. 1918 yil 21 martda Sho’ro hokimiyati e’lon qilindi. 1920 yil mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921 yil1 sentabrda RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922 yil 16 yanvarda birlashgan Kabarda-Balkariya Muxtor viloyati tuzildi. 1936 yil 5 dekabrda Kabarda-Balkariya Muxtor Respublikasi deb ataldi. Kabarda-Balkariya 1942 yil oktabrda nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 yil yanvarda ozod etildi. 1944 yilda bolqorlar 2-jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zo’rlab O’rta Osiyo va Qozog’istonga ko’chirildi. Kabarda-Balkariya Muxtor Respublikasi Kabarda Muxtor Respublikasi deb atala boshladi. 1957 yil bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda Muxtor Respublikasi yana Kabarda-Balkariya Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991 yil yanvarda Kabarda-Balkariya Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992 yil Fevraldan Kabarda-Balkariya Respublikasi deb atala boshladi. Xo’jaligi. Kabarda-Balkariya — industrial-agrar respublika. Sanoati ko’p tarmoqli. Og’ir sanoatida mashinasozlik va metallsozlik tarmoqlari, ayniqsa elektrotexnika asbob-uskunalari, avtomatlashtirish vositalari, yog’ochsozlik stanoklari, Avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish muhim o’rin tutadi. Volfram-molibden konlari negizida rangli metallurgiya sanoati barpo etildi. Gidrometallurgiya zavodi mavjud, kimyo sanoati rivojlangan. Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asosan, Nalchikda joylashgan. Binokorlik ashyolari ishlab chiqarish birlashmasi yig’ma temir-beton mahsulotlar, qurilishbop keramika, devorbop materiallar ishlab chiqaradi. Konserva va vino zavodlari ham bor. Bak-Chegem darasi. san GES elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojning atigi 7% ni krndiradi. Kabarda-Balkariyada yiliga 200 million kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xo’jaligi don va texnika ekinlari yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. Dasht yerlarda kuzgi bug’doy, makkajo’xori, kungaboqar, tariqetishtiriladi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik, tokchilik rivojlangan. Sug’oriladigan yerlarda ham dehqonchilik bilan shug’ullanadilar. Sut va go’sht-sut chorvachiligiga, mayin jun olinadigan qo’y va echkilar boqishga asosiy e’tibor beriladi. Zotdor yilqichilik rivojlangan (mashhur Kabarda ot zotlari). Asalarichilik va pillachilik ham mavjud. Respublikaning shimoldan Nalchik va Tirniauzga neft va gaz quvurlari o’tgan. Avtomobil yo’llari uzunligi — 3851 kilometr, temir yo’llar uzunligi — 133 kilometr. Avtomobil yo’llari Nalchik shahrini Pyatigorsk va Vladikavkaz shaharlari bilan bog’laydi. Nalchik shahrida aeroport bor. Respublikada tog’ changi sayyohligi rivojlangan. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. 20-asrning 90-yillari o’rtalarida Kabarda-Balkariyadagi 249 kunduzgi umumiy ta’lim maktabida 131 ming, 10 o’rta maxsus o’quv yurtida 8,8 ming o’quvchi, 3 oliy o’quv yurtida 12,8 ming talaba ta’lim oldi. Kabarda-Balkariyada Tarix, Filologiya va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot instituti, baland tog’ geofizika instituti, loyiha instituti, Kabarda-Balkariya qishloq xo’jalik tajriba stansiyasi va boshqalar ilmiy muassasalar hamda loyiha tashkilotlari bor. 230 ommaviy kutubxona, 256 madaniyat uyi, 3 teatr, o’lkashunoslik muzeyi, tasviriy san’at muzeyi mavjud. Adabiyoti. Kabardin va bolqor adabiyotlari folklor (qo’shiq, ertak, afsonalar, qahramonlik eposi “nartlar” va boshqalar) zaminida vujudga keldi. 19-asrdayoq Kabardin shoiri va filologi Sh.B.Nog’mov (1794-1844) Kabardincherkas alifbosi va grammatikasini, “Adixey xalqi tarixi” asarini yaratdi. Adiblardan S. Qozi-Girey, S. Xon-Girey asarlari Shuxrat qozondi. Ma’rifatparvar Qozi Otajukin birinchi bo’lib Kabardin-cherkas tilida kitob nashr etgan (1864). Kabardada B.M.Pachev, Balkariyada K.B.Mechiyev o’zlari yaratgan alifboda dastlabki asarlarini yozdilar. 20-asrning 20-30-yillarida Kabarda-Balkariya adabiyotida bolqor S. Shoxmurzayev va K.B.Mechiyev, Kabardin A.P.Keshokov va B.M.Pachevlar erksevarlik ruhida asarlar yozishdi. Ali Shogentsukov Kabardinlar o’tmishi haqida hikoya qiluvchi “Kambot va Lyasa” she’riy romani va jo’shqin she’rlari bilan Kabardin adabiletika kirib keldi. O’tmishdagi ijtimoiy munosabatlar, xotin-qizlarning qismati, xalqlarning o’z huquklarini taniy boshlashi 30-yillar dramaturgiyasi va nasrida o’z aksini topdi. J. Naloev, S. Kojaev, M. Afaunov va b. yozuvchilar asarlarida ijobiy qahramon qilib zamondoshlar olindi. 2-jahon urushi yillarida dushmanni yengishga undovchi she’rlar, ocherklar, hikoyalar to’plamlari, “mening Vatanim” (Ali Shogentsukov), “ota” (A.P.Keshokov) qissalari chop etildi. Front matbuotida A.P.Keshokov, Q. Quliyevning jangovar she’rlari muntazam chiqib turdi. Fashizm bilan kurashda ko’pgina iste’dodli yozuvchilar qahramonlarcha halok bo’ldilar. Urushdan keyin shoirlardan A.P.Keshokovning “otliqning yo’li”, “Yoshlik yeri” va boshqalar, K. Quliyevning “Tog’lar”, “non va atirgul” kabi asarlari Shuhrat qozondi. Keyingi yillarda yirik nasriy asarlar yaratildi. A. Shortanovning “tog’liklar” romani, A. Keshokovning dilogiyasi, A. Naloev, S. Kushxov, J. Zalixonov, O. Etezov, Z. Aksirov, P. Misakov va boshqa adiblarning asarlari nashr etildi. A. Keshokov va Q. Qulievning eng yaxshi asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Kabarda-Balkariya hududida neolit va ilk jez davriga oid chetan uy qoldiqlari, keramika, metalldan yasalgan bezaklar topilgan. Turli davrlarda qurilgan qo’rg’onlar, maqbaralar, qad. qishloq va shahar qoldiqlari, baland tog’li joylarda o’rta asrlarga oid qal’alar majmui (Toturqal’a), hashamatli minoralar (Abay minorasi, 16— 17-asrlar) va hokazolar saqlangan. 14-19-asrlarga oid maqbara- sag’analar ko’p uchraydi. Ular to’rtburchakli, tomi ikki tomonga Nishab yoki aylana va serqirra, ba’zan konussimon bo’lgan. Keyingi yillarda Nalchik shahri qayta qurilib, bog’shaharga aylantirildi. Hukumat uyi, musiqali drama teatri, O’lkashunoslik muzeyi, sanatoriylar, dam olish uylari, mehmonxona binolari qurildi . Kabarda-Balkariyada yog’och, tosh va suyak o’ymakorligi, gilamdo’zlik rivojlangan. Bosh kiyimlar, yoqa qaytarmalari va ayollar ko’ylagining englari zar ip va tasmalar bilan bezatiladi. Echki va qo’y jonidan turli buyumlar to’qiladi. Bol-qorlarda gul solib namat (kigiz) bosish, Kabar-dinlarda geometrik shakllar bilan bezab bo’yra to’qish avj olgan. 20-asrning 2-yarmida rassomlik san’ati rivoj topdi. N. N. Gusachenko, M. A.Vannax, M. Askarov, V. Temirkanov va boshqa rassomlar manzara kartinalari, N.N.Gusachenko, N.M.Tretyakov, N.P. Tatarchenko va boshqalar portret hamda syujetli kartinalar, X. Krimshamxalov, M. Txa- kumashev haykaltaroshlik ustida samarali ishladilar. Musiqasida xalq qushiq va raqs janrlari salmokli o’rin tutadi. Kabardin va bolqor xalq cholg’ulari ichida torli asboblardan Shike-pshine, jiyaqobuz va boshqalar, puflama asboblardan nakire, sirina, bjemiy, sibizg’a kabilar, urma asboblardan px’achich, qars va hokazolar bor. Sultonbek Abaev, Kozim Mechiev, Bekmurza Pachev va boshqalar. Kabarda-Balkariyaning mashhur qo’shiqchilari, xalq musiqachilari va ashulachi-dostonchilaridir. Kompozitorlardan M. Balov, X. Kardanov, V. Malov, N. Osmonovlar mashhur. “Madina” milliy operasi, “lya- Lyusa”, “Daxanago” milliy baletlari va boshqalar yaratilgan. Simfonik musiqa ham rivojlangan. Kabarda-Balkariyada musiqali teatr, filarmoniya, radio va televideniye xori, “Kabardinka” xalq raqs ansambli, musiqa bilim yurti, bolalar musiqa maktablari, yoshlar teatri, teatr-studiya, drama teatri, milliy truppalar bor.