KABUDANJAKET
KABUDANJAKET — ilk o’rta asrlardagi (5-12-asrlar) Samarqand rustoklaridan biri va uning markazi. Samarqanddan 2 farsax (14-15 kilometr) masofada joylashgan. Jome masjidi bo’lgan. O’rta asr manbalarida Kabudanjaketda Barkat va Vadar shaharlari qatorida qayd etilgan. Kabul qishlog’i “Boburnoma” da ham uchraydi. Arxeologlarning fikricha, Kabudanjaket hozirgi Qo’rg’ontepa shahahr xarobasi o’rnida bo’lgan. Milodiy 4-5-asrlar dagi siyosiy voqealar ta’siri ostida Qovunchi madaniyatiga mansub qavmlar Sirdaryo bo’ylaridan Zarafshon vodiysiga ko’chib kelganlar va kichik mustaqil mulklar barpo etganlar. Ular Samarqand rustoklarida 9-12.asrlarda sug’orma dehqonchilik asosida shaharsozlik va qishloq madaniyatini yuksalishida muhim o’rin tutgan.