KAVATINA
KAVATINA (italyancha) -1) 18-asrda opera va oratoriyada yakkaxon ijrosiga mo’ljallangan qisqa lirik ashula. Shaklining oddiyligi va kuyning qo’shiqsimonligi bilan Ariyadan farq qiladi (masalan, A. Kozlovskiyning “Ulug’bek” operasidagi Xitoy elchisi Kavatinasi); 2) 19-asrning 1-yarmida bosh rol ijrochisi — yakkaxonning sahnaga chiqish ariyasi (M. Glinkaning “Ruslan va Lyudmila” operasidagi Lyudmila Kavatinasi); 3) ba’zida shaklan kichik, kuychan cholg’u pyesa.
O‘xshash so‘zlar
- KAVENDISH (CAVENDISH) GENRI
- KAVENDISH TAJRIBASI
- KAVERNA
- KAVIR
- KAVITATSIYA
- Kavkabiy Najmiddin Buxoriy
- Kavkaz
- KAVKAZ MINERAL SUVLARI


