KAZAKOV JUMATOY JUMMIYEVICH

KAZAKOV JUMATOY JUMMIYEVICH (1938.15.7, Beruniy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Chorjo’y pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Beruniy tumanidagi 15-, 1974-97 yillarda 39-maktabda turkman tili va adabiyoti o’qituvchisi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida ko’rgazmali qurollar vositasida o’tgan.