KAZAKOV MATVEY FEDOROVICH

KAZAKOV MATVEY FEDOROVICH [1738, Moskva — 1812.26.10 (7.11), Ryazan] — rus me’mori. 18-asr rus me’morligida klassisizm asoschilaridan biri. Kazakov ishlarida keng shahar qurilishining oqilona planli yechimi bilan me’moriy shaklning yuksakligi garmonik uyg’unlashgan. Jamoat binolari va turar joy turlarini, 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi Moskvaning katta shahar bo’shlig’i va ko’lamidagi qurilish xususiyatini ishlab chiqqan (Kremldagi Senat, 1776-87; universitet binosi, 1786— 93; Demidov, 1779-91 va Gubina, 1790-yillar uy- qo’rg’onlari va boshqalar) Moskva bosh planini tuzishda rahbarlik qilgan. Me’moriy maktab tashkil qilgan.