FASSIYALAR
FASSIYALAR (lotincha fascia — bog’lov) — har bir muskulni o’rab turadigan biriktiruvchi to’qimadan iborat parda. Odam va hayvonlarning a’zolari, nerv, qon tomirlarini o’rab, muskullar uchun fassial g’ilof hosil qiladi. Tayanch va trofik vazifalarni bajaradi. Fassiyalar bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib, har qaysi muskulning alohida qisqarishini ta’minlaydi. Fassiyalar, odatda, qavatmaqavat muskullarni o’rab turadi. Shu bois ular joylashgan o’rniga qarab chuqur, o’rta va yuza yoki teri osti Fassiyalariga ajratiladi. Yuza yoki teri osti Fassiyalar teri osti yog’ qavatida joylashib, odamlarda qo’loyoq kaft terisining ostida, boshning sochli qismida aponevrozlar hosil qiladi. Fassiyalar qon tomirlari va nervlarga boy. Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega.