FYODOROV EVGRAF STEPANOVICH

FYODOROV EVGRAF STEPANOVICH (1853. 22.12, Orenburg — 1919.21.5, Petrograd) — rus mineralogi va kristallografi, hozirgi zamon strukturali kristallografiya va mineralogiya asoschilaridan biri. Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1919). Peterburg konchilik institutini tugatgan (1883), professor (1895). Peterburg konchilik instituti direktori (1905-10). Fyodorov ko’p qirrali kristallar tasnifini yaratib, birinchi bo’lib kristallar simmetriyasining 230 guruhini aniqladi. Tog’ jinslarining nomenklaturasi va tasnifini ishlab chiqdi. Ilk bor kristall-kimyoviy analiz metodlarini kashf qildi. Fyodorov o’zi tomonidan yaratilgan Fyodorov stolchasi yordamida kristallografik tadqiqotlar olib bordi.