IZMAIL

IZMAIL — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dunay daryosi tarmog’ining chap sohilida. Qora dengizdan 80 kilometr. Dengiz kemalari kira oladigan port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 95,1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). 12-asrda Izmail o’rnida genuyaliklar qal’asi bo’lgan. Keyinchalik u Moldova knyazligiga qaragan. 16-asrda turklarga tobe edi. 1569 yil Turkiya sultoni Izmailga nug’oylarni joylashtirgan. 1770-1918 yillarda shahar vaqt-vaqti bilan Turkiya va Rossiyaga qaragan. Izmailni 1918 yil Ruminiya egalladi, 2-jahon urushi davrida Izmailni nemis-rumin qo’shinlari bosib oldi. 1944 yil 26 avgustda ozod qilingan. Izmailda oziq-ovqat sanoati (sabzavot konserva, go’sht kombinatlari, baliq, sut, uzum vinosi zavodlari) rivojlangan. Tsellyuloza-karton kombinati, kema tuzatish, kema tuzatish-mexanika zavodlari, pedagogika instituti, suratlar galereyasi, A. V. Suvorov muzeyi bor.