G’IJJAK
G’IJJAK — torlikamonli musiqa cholg’usi. O’zbek, tojik, uyg’ur, qoraqalpoq, turkmanlarda hamda kamon. kemancha nomi bilan Ozarbayjon, arman, gruzin, Eron, turk va boshqalar. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. O’rta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga ko’ra uni (G’ipchak nomi bilan) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan, Qulmuhammad Udiy esa G’ijjakka 3- torni qo’shgan. Ungacha 2 simli G’ijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha bo’lgan. G’ijjakning yumaloq cho’michsimon kosasi oldin qovoq, kokos yong’og’idan, hozirda yog’och (tut, yong’oq) g’o’lachasidan o’yib yasaladi va kosasi og’ziga teri yoki pufak tortiladi. Pardasiz dastasining bir uchiga quloqlar o’rnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Dasta bilan kosaxonaning umumiy uzunligi 550-900 millimetr atrofida. Hozirda G’ijjakning torlar soni 3-4 bo’lib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Ular dastaning yuqori qismida joylashgan shayton xarak va kosaxona ustidagi xarakka yotqiziladi. Umumiy diapazoni 4 oktavadan ortiq. G’ijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy o’rin tutadi. Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida aytilishicha, G’ijjakni chala bilish barcha saroy sozan dalari uchun shart bo’lgan. O’rta asrda Alijon G’ijjakiy, Xo’ja O’zbek G’ijjakiy kabi san’atkorlar mashhur bo’lgan. O’zbekistonda G’ijjak Ijrochiligining o’ziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm an’anaviy maktablari orqali namoyon bo’lgan. Farg’ona vodiysi hofizlik san’ati hamda surnay ijrochilik an’analari ta’sirida shakllangan Andijon maktabi (T.Jalilov, G’.Hojikulov, E.Ro’ziboev, Yu.Yusupov va boshqalar) mayda urg’u (aktsent)lar, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yo’llari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. K. Jabborov, G’.Toshmatov, M.Niyozov, M.Muhammedov ijrosida “surnay irog’i”, “o’yin Munojoti”, “Dugohi Husayniy” hamda “Kezarman” (G’.Toshmatov), “gul mavsumi” rov) kabi G’ijjak kuylari mashhur. Mahalliy musiqa an’analari (ayniqsa, Shashmaqom yo’llari) negizida qaror topgan Buxoro maktabiga G’ijjakning huddi titrayotgan kamonni yurg’izib sadolanishi, har bir pardani o’zida to’lqinlatib (tebranish) tezlashishi xos. Buxoro G’ijjakchilik maktabi namoyandalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-asrda Aminjon Ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Ne’matov, O’lmas Rasulovpar ijrosida “surnay irog’i”, “Bahri tavil”, “kamon Ufari”, “Zulayho”, “noz” (O’.Rasulov) kabi namunalari ommalashgan. Xorazm maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urgu bilan tortish, ayni paytda yumshoq to’lqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan Patak-g’ijjakchi (mashhur Suyav-baxshi dastasida faoliyat ko’rsatgan, 19-asr), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarratov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Ataevlar talqinida Xorazm maqomligining cholg’u yo’llari, surnay yo’llari, shuningdek, “Aliqambar”, “Qalabandi”, “xarrotiy” (M.Xarra-tov), “gech polvon” singari kuylar mashhur. G’ijjak yakkanavoz cholg’u, ayni paytda jo’rnavoz soz sifatida ham keng qo’llanilmoqda. Turkman, qoraqalpoq, Xorazm baxshilari (masalan, R.Murodov), Andijonda T.Jalilov, G’.Hojiqulov, S.To’xtasinovlar o’ziga xos jo’rnavozlik yo’llarini yaratishgan, 1970 yillardan boshlab G’ijjakni yakkanavoz va milliy cholg’u ansambli tarkibida alohida ko’rsatish, unda o’ziga xos kuy tuzilmalarini badiha tarzida chalish usullari Abduhoshim Ismoilov, A.Dadayev va boshqalar ijrosida ommalashgan. zamonaviy texnika vositalari (piisikato, qisqa cho’zimli tovushlarni ishlatish yo’llari) keng kirib kelib. polifoniya va polimonodiya xususiyatlaridan foydalanilmoqda. G’ijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida cho’kib ketishi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli O’zbekiston (ayniqsa. Andijon) da 19-asr oxiridan G’ijjak o’rniga an’anaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. 1940-yillarda G’ijjakning o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida ishlatiladigan Alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida G’ijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, Alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholg’u orkestrida G’ijjak.—bas o’rniga qo’biz-bas (yoki violonchel), G’ijjak—kontrabas o’rniga — kontrabasning o’zi ishlatiladi. Ad.: Karomatov F., Uzbekskaya instrumentalnaya muzmka. T., 1972: Vmzgo T., Muzmkalnme instrument! Sredney Azii, M., 1980; to sh Muha me dov M., G’ijjak darsligi, T, 2005. O’lmas Rasulov.