TARDUSHLAR
TARDUSHLAR — O’rxun Yenisey bitiklarida uchraydigan atama; Turk xoqonliginpng 2 bo’limidan birini anglatgan. Xoqonlikning siyosiy tuzilmasiga qabila ittifoqlari bilan bir qatorda geofafik belgisiga ko’ra 2 harbiy ma’muriy qabila birlashmasi kirgan: Tardushlar (xoqonlikning g’arbiy qismida yashovchi qabilalar) va tyolislar, yoxud tolislar (xoqonlikning Sharqiy qismidagi qabilalar). Ulardan tashkil topgan lashkar Turk xoqonligi qo’shinining o’ng va so’l qanotini tashkil etgan. Har 2 birlashmani shadlar boshqargan. Ular xoqon xonadoniga mansub shaxslar bo’lib, xoqon tomonidan tayinlangan. Bu birlashmalar uyg’ur davlatlari tuzilmasida saqlanib qolgan. Ad.: Malov S. E., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti Mongolii i Kirgizii, M.L., 1959; Gumilev L . N ., Drevnie tyurki, M., 1967.