TASNIF
TASNIF (Arabcha — saralash, tartibga solish), klassifikatsiya — ilm yoki inson faoliyatining biror soqasiga oid o’zaro bir xil tushunchalar sistemasi. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal bo’lib, uning vositasida shu fan doirasida to’plangan bilimlar qat’iy tartibga solinadi. Fanni o’rganishda bunday Tasnif qulaylik tug’diradi. Tasnif da bo’linuvchi va bo’luvchi tushunchalar o’zining qat’iy o’rniga ega bo’ladi. Tasnif natijasida fanda muxim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sun’iy Tasniflar birbiridan farq qiladi. Tabiiy Tasnif ob’yekt larning muhim belgilariga asoslanadi (masalan, kimyoviy elementlarning davriy sistemasi). U ilmiy tadqoqptning natijasi va muhim vositasi bo’lib, bilish jarayonida katta ahamiyatga ega. Sun’iy Tasnif asosida ob’yekt larning nomuhim belgilari yotadi va turli-tuman predmetlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi (masalan, kutubxonada kitoblarni alfavit bo’yicha joylashtirish). Tasnifda mantiqdagi bo’lish qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Tasniflash davr o’tishi bilan o’rganilayotgan ob’yekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Tasniflash har bir tushunchaning tafakkur tizimidagi o’rnini aniqlab beradi. Tasniflash natijasida hosil bo’lgan bilim predmetning asosiy xususiyatlari hamda ular o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi va bu bilimlar tartibga solingan bilim hisoblanadi. Bilimlarning kelib chiqishi, ilmlar tartibi, strukturasi va o’zaro munosabatini o’rganishda fanlar Tasnifi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu masala bilan o’tmishda ko’p olimlar, jumladan, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, Dekart, Mil, Spenser, Kant shug’ullangan. Baxtiyor To’rayev.