KUENKA

KUENKA — Ekvadorning Janubiy qismidagi shahar, and tog’lari oralig’idagi vodiyda, 2600 metr balandlikda joylashgan. Asuay provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 240 ming kishi (1995). Eksport uchun shlyapa-panamalar ishlab chiqariladi, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda sopol idishlar, zargarlik buyumlari, marmardan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Universitetlar, Nvafis san’at akademiyasi bor. Shaharga 1557 yilda asos solingan. 16-17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Kuenka yaqinida oltingugurt konlari topilgan.