KXMERDAR

KXMERDAR (o’zlarini kxmer, kxmae deb ataydilar) — Kambodjaning asosiy aholisi (8,6 million kishi). Vetnam, Tailand va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 10,35 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Kxmer tilida so’zlashadilar. Dindorlari budda diniga e’tiqod qiladi.