KUYAVIYA

KUYAVIYA Kuyabiya, Kuyaba — ilk o’rta asr davlat birlashmasi (8-9-asrlar). 9 — 10-asrlardagi Arab va fors geograflarining asarlarida Artaniya va Slaviya qatorida qayd etilgan. Ba’zi olimlar Kuyaviya O’rta dneprbo’yidagi Sharqiy slavyanlarning markazi Kuyaba (Kiyev) bo’lgan siyosiy birlashmasi deb hisoblaydilar, boshqa bir olimlar fikricha, Kuyaviya Dashti Qipchoqning tub aholisi qipchoklar shahri bo’lgan.