KO’K CHOY

KO’K CHOY — choy o’simligining pishib yetilmagan yosh barglaridan tayyorlanadigan choy. Tabiiy rangi hidini saqlaydi. Choy barglariga deyarli ishlov berilmaydi, faqat qaynoq bug’ bilan bug’lanadi. Bug’langan burglar quritilgach, maxsus usulda naycha tarzida buram beriladi va choy qadoqlash fabrikalariga yuboriladi. Ko’k choy xushbo’y, chanqoqni yaxshi qondiradi, ba’zi kasalliklarga (masalan, qon bosimi oshganda) davo sifatida damlab ichiladi.