IBN BIBI NASRUDDIN YAHYO IBN MAJIDUDDIN MAHMUD
IBN BIBI NASRUDDIN YAHYO IBN MAJIDUDDIN MAHMUD (? — 1272, Damashq) — tarixchi va adib. Bir muncha vaqt Jaloliddin Manguberdi xuzurida yashagan, so’ng Damashqqa borib (1221) sulton Alouddin Kayqubod saroyida tarjimonlik qilgan va shu bois elda “Yahyo tarjimon” nomi bilan tanilgan. Qator tarixiy asarlar yaratgan, chunonchi uning Saljuqiylar tarixiga doir “Al-Avomir al-aloniyya fil-umur il-aloiyya” (“Buyuk ishlar xususidagi oshkora Farmonlar”) asari ko’proq mashhur bo’lib, Alouddin Kayqubodga bag’ishlangan. Bu asar turk (15-asr), nemis (1902) va shved (1959) tillariga tarjima qilingan. Uning qo’lyozma nusxalari Moskvadagi Osiyo xalqlari muzeyi, Turkiyadagi Ayo- Sofiya va Germaniyadagi Drezden kutubxonalarida saqlanadi. Asarda O’rta Osiyo tarixi va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar ham uchraydi.