ILMI TA’LIF
ILMI TA’LIF (Arabcha — yaratish ilmi) — o’rta asrlar Sharq musiqa nazariyasida ilmi musiqiyning muhim tarmog’i. Ilmi ta’lif kuy yaratishga taallukli barcha masalalardan bahs etgan: nag’ma, bo’d, jins, jam, maqom (lad), alhon (kuy)ning turli xillarini yuzaga keltirish, musiqa asboblarining tuzilishi, ularda turli balandlikdagi tovushlar hosil qilish usullari, umuman ijrochilik masalalari, o’sha davrdagi musiqaviy hayot, musiqa estetikasi va boshqalar. Ilmi ta’lif Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ash- Sheroziy, Muhammad al-Omuliy, Xo’ja Abdulqodir, Abdurrahmon Jomiy, Zaynulobidin alHusayniy asarlarida keng sharhlangan.