INVERSIYA

INVERSIYA (kimyoda) — 1) tsiklik molekula konformasiyasining o’zgarishi, natijada o’rinbosarning halqaga nisbatan joylashishi o’zgaradi. Masalan, metilsiklogeksan 2 konformatsiyaning aralashmasi holida mavjud bo’ladi, bu aralashmada uning 2-shakli ko’proq uchraydi 2) 3 valentli “piramidal” atomi (masalan, azot yoki margimush) bor molekula konfiguratsiyasining ko’zgudagi aksidek teskari konfigurasiyaga o’tishi; 3) qand inversiyasi — saxaroza gidrolizi (masalan, lavlagi qandi) ayni vaqtda qand eritmasining polyarizatsion nur tekisligi burilish yo’nalishini o’zgartirishi.