Afsona nima?
Ushbu janrning nomi lotincha “legenda” — “o’qilishi zarur narsa” — so’zidan kelib chiqqan. U o’sha qadim, hali afsonalar yozib borilmasdan, xuddi ertaklarga o’xshab og’izdan-og’izga ko’chib hikoya qilingan zamonlarda vujudga kelgan edi. Afsona asosida — go’yoki sodir bo’lgan voqea haqidagi naql yotadi. Aksariyat hollarda afsonalar aziz-avliyolar nomi bilan yoki muayyan joy bilan bog’liq mo’jizalar, arvohlar hahida “shohidlarning guvohligi” zamirida vujud kelgan. Tarixiy shaxslar va real voqealar haqida hikoya qiluvchi rivoyatlardan farqli o’laroq afsona ko’pincha aslida bo’lmagan, lekin ro’y berishi mumkin bo’lgan narsa haqida hikoya qiladi. Mana shuning uchun ham aksariyat afsonalar xazina topib olish, xastaliklardan bamisoli mo’jizaviy xalos bo’lish yoki ko’psonli dushmanlarni yengish haqida hikoya qiladi. Ismi-sharifi noma’lum roviylar ko’pincha o’zlarining tinglovchisiga rosayam zarur bo’lgan yaxshi hikmat va baxtli hayot haqidagi orzu-umidlarni afsona shaklida mujassam etganlar. Gorkiyning “tubanlikda” pyesasida darbadar Luka tomonidan naql qilingan afsona shundaylardan biridir. Afsona qahramonlari o’z jasurligi, beg’arazligi, yaxshiligi, hamdardligi — ya’ni real odamlarga rosa zarur barcha fazilatlari bilan aholi eng yirik tabaqalarining diqqat-e’tiborini doimo jalb etib kelgan. Xuddi zamonaviy o’spirin uchun — motopoygalar va ommaviy multiplikatsion turkumlarning qahramonlari dongdor shaxslar bo’lgani singari afsonalarning qahramonlari ham o’rta asrlar tinglovchilari nazdida ana shunday shaxslarga aylangan edi.