Rivoyat nima?

Rivoyat, ya’ni og’izdan — og’izga ko’chib avlodlardan-avlodlarga yetib kelgan xalq hikoyalari asosida — real shaxslar va tarixiy o’tmish voqealari to’g’risidagi xotiralar yotadi. Rivoyat har doim shohidning hikoyasi shakliga ega bo’ladi va birinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Rivoyatlarning syujetlari shaharlarga asos solinishi, monastirlar va alohida ibodatxonalar qurilishi, go’yo qazib oluvchisini kutib yotgan ko’milgan xazinalar haqida hikoya qiladi. Afsonadan farqli ravishda rivoyatda har doim hikoya qilib berilayotgan voqea qayerda va qachon bo’lib o’tgani aniq bildiriladi. Rivoyatlarda ertaklar va afsonalarga juda xos bo’lgan mo”jizaviy evrilishlar, sehrli buyumlar, qahramonlarning g’aroyibona ko’chib yurishlari deyarli uchramasligi ham tushunarli. Ularda hammasi aniq, aytish mumkinki, yaqqol namoyon bo’ladi. Qahramonlar — odatdagi, faqat katta kuchga ega bo’lgan va alohida mahorati bilan ajralib turadigan kishilar. Rivoyat rus yozuvchilari: Pushkin, Leskov, Bajovlarning e’tiborini azaldan jalb etib kelgan. Rivoyatlarda katta qiziqish uyg’otadigan ko’plab ma’lumotlar saqlanadi: yirik shaharlarga asos solingan vaziyat va tarixiy shaxslarning ularda bo’lishi kuzatiladi. Xalq yodi o’tmishning barhayot nafasini rivoyat shaklida bizga etkazgan. O’tmish haqida hikoya hilayotgan roviy uni albatta bugungi kun bilan chog’ishtirgan, shu asnoda muayyan xalqning tarixi yaratilgan. Mana shuning uchun ham rivoyat unchalik ko’p bo’lmagan “jonli” folklor janrlaridan biri bo’lib mavjud bo’lishini davom ettirmoqda. Urushlar va inqiloblarning murakkab davrida o’zidan iz qoldirgan shaxslar XX asr rivoyatlarining qahramonlariga aylandilar.