“KUCH — ADOLATDA”

“KUCH — ADOLATDA” — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining gazetasi. 1998 yil 29 avgustdan oyiga bir marta Toshkentda nashr etiladi. Gazetaning asosiy vazifasi O’zbekistonda sud-huquq islohotlarini yoritish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga ko’maqlashishdan iborat. Asosiy ruknlari: “qonunlarni o’rganamiz”, “Farmon va ijro”, “sud amaliyoti”, “Dunyo sudlarida”, “xalqaro huquq olamida”, “menga so’z bering”. Adadi 3 mingdan ortiq (2003).