KUTUSHEVA GAVHAROY XOLMIRZAYEVA

KUTUSHEVA GAVHAROY XOLMIRZAYEVA (1953.20.12, Shahrixon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1975). 1975 yildan Ulug’nor tumanidagi 18-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Kutusheva ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirishga katta e’tibor beradi.