Biz sehrli ertak haqida nimalarni bilamiz?
“Skazka” degan nomning o’zi ham lop etib paydo bo’la qolmagan. Basharti, qadimgi Rusda ermak uchun hikoya qilib berilgan asarlar dastlab “Bayka” deb atalgan (“Bait” — so’zlamoq so’zidan). Har xil ma’lumotlar bildirilgan hujjatlar esa “skazka” deb atalgan (“Revizskaya ekazka”da aholi soni va tarkibi haqida ma’lumotlar bo’lgan). “Skazka” atamasi hozirgi ma’nosida ilk marta 1649 yilda qo’llangan edi. Uning ma’nosi faqat syujetining asosida bosh qahramonning xayoliy sarguzashtlari yoki qahramonliklari turgan sehrli ertaklargagina juda tez singishdi. Hikoya qilib berish favqulodda muhim ish sanalgan, — chunki tinglovchilar o’zlariga so’zlab berilgan hamma narsa chin ekanligiga ishonishgan, — bilinlardan farqli o’laroq, skazka unchalik jiddiy bo’lmagan janr hisoblangan. Uni yig’ish — qiziqarli bo’la oladigan bir tarzda to’qish kerak edi. “Skazka — skladka, a pesnya — bil” maqoli shundan kelib chiqqan. Sehrli ertaklar personajlari olami favqulodda rang-barang, ijobiy qahramonlar, birinchi navbatda qahramon — bahodirlar ular orasida markaziy o’rinni egallaydi. Bulardan tashqari ertakda bora-bora xushro’y yigit va bahodirga aylanib boruvchi kulguli personajlar ham (Ivanushka-durachok, Yemelya) qatnashadi. Biron-bir ertak “parivash” siz qiziq bo’la olmaydi. Qahramonning raqiblari uni o’g’irlab ketishadi yoki jodulab qo’yishadi. Ular hamisha makkor, hasadchi, shafqatsiz ta’magir. Nafaqat xayoliy mavjudotlar (o’lmas Kashey, ilon), balki odamlar ham (“podshoh Poganin” — lana’ti podshoh) raqib qiyofasida namoyon bo’ladi. Shunday bo’lsa-da, sehrli ertakdagi asosiy narsa har doim unda ro’y beradigan mo’jizalardir, bularga muvofiq: sohibjamol har doim qutqariladi, qahramon xushruy yigit va bahodirga evriladi, jodular fosh bo’ladi va raqiblarning sho’riga sho’rva to’kiladi.