KAYMANLAR
KAYMANLAR (Caiman) — Alligatorlar oilasiga mansub sudralib yuruvchilar uchta urug’ining umumiy nomi. Alligatorlardan burun bo’shlig’ida suyak to’sqichining bo’lmasligi va suyakli kosasi (zirh)ning borligi bilan farq qiladi. 5 turi Janubiy va Markaziy Amerika suvlarida tarqalgan. Qora Kayman eng yirigi, bo’yi 5 metr keladi. Amazonka Daryosi havzasida yashaydi. Urgochisi 30— 40 dona tuxum (uzunligi 9 santimetrcha) qo’yadi. Asosan, baliq bilan oziqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- KAYMANSIMON
- KAYNOTIP TOG’ JINSLARI
- Kaynozoy, kaynozoy eratemasi
- Kayoniylar, kavilar
- KAYQUBOD
- KAYQUBODSHOH
- KAYRALAR
- Kaysoniylar


