KAYRALAR

KAYRALAR (Uria) — rjankasimonlar turkumining chistiklar kenja turkumiga mansub qushlar urug’i. Uzuntumshuqli va kalta tumshuqli Kayralar turini o’z ichiga oladi. Vazni 1,4 kilogrammga yaqin. Shimoliy yarim sharning mo’tadil va arktik dengizlarida tarqalgan. Barmoqlari parda bilan tutashgan. Yerda yaxshi yura olmaydi; tez uchadi; yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Minglab qushlar galalashib dengiz qirg’og’idagi qoyalarga yoki tekis toshli orollarga uya quradi. Bitta tuxum qo’yib, 33-35 kun bosadi. 20-24 kunlik jo’jalari qoyalardan dengizga tushadi. Asosan, mayda baliqlar, shuningdek, qisqichbaqalar va dengiz umurtqasizlari bilan oziqanadi. Tuxumi qimmatbaho oziq- ovqat hisoblanadi