KALBA TIZMASI

KALBA TIZMASI — Oltoyning Janubi-g’arbidagi tog’ tizmasi. Qozog’istonning Sharqiy Qozog’iston viloyatida. Uzunligi 400 kilometr. Asosan, past tog’ massivlaridan iborat bo’lib, sharqida balandligi 1300-1500 metr (eng baland joyi 1608 metr), g’arbida 450-700 metr. Kalba tizmasi paleozoy slaneslari, qumtosh va intruziv jinslardan (asosan, granitlardan) tarkib topgan. Oltin va polimetall ruda konlari bor. 800-1200 metr balandlikkacha dasht o’simliklari o’sadi, undan balandda siyrak qarag’ay va qayin-tog’ teragi o’rmonlari, eng baland cho’qqilarida dasht subalp o’tloqlari mavjud.