KO’RARESIMON MODDALAR

KO’RARESIMON MODDALAR, miorelaksantlar — harakatlantiruvchi nervlardan skelet muskullariga qo’zg’alish o’tishini to’xtatib qo’yadigan moddalar. Qisqa (5-10 minut), o’rtacha (20-40 minut) va uzoq muddat (bir necha soat) ta’sir etuvchi Ko’raresimon moddalar farq qilinadi. Preparatlari jarrohlikda, hususan, shikastlanish va mayiblikda ingalyatsion Varkoz moddalar bilan birga muskullarni bo’shashtirish maqsadida ishlatiladi.