KO’RASIKI

KO’RASIKI — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Janubi-g’arbida. Aholisi 422,8 ming kishi (1995). To’qimachilik, kimyo va aviatsiya sanoatining yirik Markazi. Metallurgiya, elektronika mashinasozligi, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud, tibbiyot jihozlari ishlab chiqariladi. Muzeylar bor. Turizm rivojlangan.