KUMA-MANICH BOTIG’I

KUMA-MANICH BOTIG’I – Kavkaz oldini Sharqiy Yevropa tekisligidan ajratib turuvchi tektonik botiq. To’rtlamchi davrda Kaspiy va Azov dengizlarini birlashtirib turgan. Eni 20-30 kilometr (Markaziy qismida 1-2 kilometr). Sho’r ko’l ko’p (eng kattasi — Manich-Gudilo), suv omborlari, Kuma-Manich kanali qurilgan. Kuma-Manich botig’ining sharqida Sharqiy Manich va Kuma vodiylari, g’arbida G’arbiy Manich daryosi vodiysi joylashgan. Betagachalovshuvoq o’simliklari o’sadi. Kuma-Manich botig’idan Yevropa bilan Osiyo o’rtasidagi shartli chegara o’tgan.