KUZNESK SOYLIGI
KUZNESK SOYLIGI – Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi soylik. Kuznesk Olatovi, Salair qirlari va tog’li Shoriya massivi orasida. Maydoni 70 ming km2. Uzunligi 400 kilometr, kengligi 100-120 kilometr. O’rtacha balandligi 200— 500 metr. Iqlimi kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 18-20°, yanvarniki -18°, yillik yog’in 350-500 millimetr. Ko’proq o’rmon va o’rmonli dasht o’simliklari o’sadi. Kuznesk soyligi hududida Kuznesk ko’mir havzasi joylashgan.
O‘xshash so‘zlar
- KUZNESK OLATOVI
- KUZNESK KO’MIR HAVZASI
- KUZNESOV NIKOLAY IVANOVICH
- KUZNESOV NIKOLAY DMITRIEVICH
- Kuznes (Kuznets) Saymon Smit
- Kuznesova Mariya Aleksandrovva
- KUZUPCHI


