KAMOLOVA QAMARA SHODMONOVNA

KAMOLOVA QAMARA SHODMONOVNA (1938.9.12, Buxoro) — rejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1982). Faoliyatini 1964 yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965 yildan “O’zbekfilm” kinostudiyasida kinorejissyor “G’aroyib sarguzasht”, “Rahim va qo’ng’iz”, “bulutni kim yasadi”, “qizbola va yulduzcha”, “velosipedcha qochib ketdi” kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: “achchiq danak”, “o’zganing Baxti”, “ertaga chiqasanmi?”, “Nabiramiz milisiyada ishlaydi”, “bo’lmagan narsa haqida”, “yovvoyi”, “atrof qor bilan qoplandi” va boshqalar. 1993 yil “Shod” studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. “Achchiq danak” filmi Qohira kinofestivali (1978)ning “kumush nefertiti” sovrini, Frantsiyaning Strasburg shahrida o’tkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.