SAVAT

SAVAT — ro’zg’or buyumi; novdalar (tol, tut, turang’il, yulg’un va boshqalar), bug’doy poyasi, keyinchalik sim va boshqalardan to’qib tayyorlanadi. O’rta Osiyoda qadimdan keng tarqalgan. Shakli va vazifasiga ko’ra turlicha bo’ladi: kajava Savat, non Savat, guldor Savat va boshqalar. Yirik Nov dalardan to’kilgan Savatlar qadimda qurilishda (tuproq, g’isht, tosh, qum, ganch tashishda), nozik novdalardan to’qilgan Savatlar meva-cheva, non va boshqa narsalar solishda ishlatilgan. Hozirgi Kunda Savatning badiiyligi va turi ko’paydi.