SAVOYYA GERSOGLIGI

SAVOYYA GERSOGLIGI 1416— 1720 yilda mavjud bo’lgan davlat (11-asr — 1416 yilda graflik maqomiga ega bo’lgan). Dastlab poytaxti Shamberi shahri (Frantsiyada), 1563 yildan Turin sh. (Italiyada) bo’lgan. Savoyya gersogligi tarkibiga Pemont kirgan. London shartnomasi (1720)ga ko’ra, Sitsiliya badaliga Sardiniya Savoyya gersogligiga o’tdi. Shunga ko’ra, bu davlat Sardiniya qirolligi deb ataldi.