SADAQA
SADAQA (Arabcha — xayr-ehson) — miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayr-ehson. Sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kaforat, ixtiyoriy turiga xudoyi, to’y, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamg’armalarga beriladigan moddiy xarajatlar kiradi. Odatda, Sadaqa deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin liniy istilohda Sadaqa xayr-ehsonning barcha turlari uchun qo’llanilaveradi. Islomda Sadaqa qilishga ko’p targ’ibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi to’g’risida Qur’on va hadislarda ta’kidlangan.