SAYIS

SAYIS (Arabcha — otboqar) — O’rta Osiyo xonliklarida harbiy va xo’jalik ehtiyojlari uchun saqlangan otlarni parvarish qiluvchi shaxs. Sayislar bevosita otxonalar yoniga qurilgan maxsus uylar — sayisxonalarda istiqomat qilishgan. Sayislar boshlig’i miroxur deb atalgan.