SALOM

SALOM (Arabcha — sulh, do’stlik, omonlik) — 1) kishilarning ko’rishganda bir-birlari bilan o’zaro so’rashish ifodasi. Jahondagi ko’pgina xalqlarda Salom so’z orqali bajariladi. Har qanday odamga murojaat yoki muomala qilishdan oldin Salom berish va alik olish insoniy fazilatdir; 2) xonamirlar bilan uchrashuv (audientsiya) ham Salom deb atalgan. Amir, xonlarning kabulxonasi salomxona deb atalib, uning xizmatchisi salom og’asi deb yuritilgan; 3) kelin kuyov xonadoniga kelgandan keyingi birinchi kun ertalab uni kuyov ota-onalariga va yaqin qarindoshlariga ta’zimga olib chiqish marosimi yoki umuman kelinchak ta’zimi.