YAXSHI UMID BURNI

YAXSHI UMID BURNI — Afrikaning Janubiy qismidagi qoyali burun (34°2′ j.k. va 18°30′ shq.u.). Yaxshi umid burniga yevropaliklardan birinchi bo’lib 1488 yilda portugal dengizchi sayyohi B.Diash borgan va uni bo’ronlar burni deb atagan. Portugaliya qiroli Juan Pu yerdan Hindistonga borish yo’lini topish umidida Yaxshi umid burni deb nomlashni buyurgan.