YATROKIMYO

YATROKIMYO — alkimyoning alohida yo’nalishi (tibbiyot kimyosi), 16-18-asrlar tibbiyotida paydo bo’ldi. Ya.ning asoschisi nemis shifokori va tabiatshunosi T.Paratsels. Yatrokimyo namoyandalari organizmda sodir bo’ladigan jarayonlar kimyoviy hodisalardan iborat, kasallik esa kimyoviy muvozanatning buzilishidan kelib chiqadi, deb tushuntirganlar va bemorlarni davolashda kimyoviy moddalarni ishlatishni buyurganlar.