YAXVA
YAXVA, Yaxve, Yagve, Iegova — iudaizmdagi Xudo. Dastlab Iuda qabilasining xudosi edi. Keyinchalik Isroil iuda davlatining bosh xudosi deb e’lon qilingan. Yahudiy manbalariga ko’ra, Sulaymon payg’ambar Quddusda unga atab ibodatxona qurdirgan. Miloddan avvalgi 7-asrda Yaxva yagona Xudo deb e’lon qilinib, boshqa xudolarga sig’inish man etilgan.