YAVA DENGIZI
YAVA DENGIZI — tinch okeanning g’arbiy qismidagi dengiz, Sumatra, Yava va Kalimantan orollari oralig’ida. Qirg’oqlari ba’zi joylarda marjon riflari bilan o’ralgan. Maydoni 552 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 1272 metr. Suvining yuza qismidagi temperaturasi 27-28°. Sho’rligi 31,5—34°/00. Suv sathining ko’tarilishi sutkalik (balandligi 2 metrgacha). Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Yirik portlari: Jakarta, Semarang, Banjarmasin.