YAVALIKLAR
YAVALIKLAR, yavanlar — Indoneziyadagi xalq (89 million kishi), Yava oroli Markaziy qismining asosiy aholisi. Shuningdek, Malayziya, Avstraliya, Niderlandiya va boshqalar mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 89,6 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yava tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, Sunniy musulmonlar. Yavaliklar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va baliq bilan shug’ullanadi.
O‘xshash so‘zlar
- YAVANTROP
- YAVORSKIY YEVGENIY GRIGOREVICH
- YAVQOCHEV NARZIQUL MO’MINOVICH
- YAXLIT BOSHLILAR
- YAXLIT MUHITLAR MEXANIKASI
- YAXLITLASH
- YAXMALAK
- YAXNA


