YAYPAN

YAYPAN — Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanidagi shahar (1975 yildan), tuman markazi. Qo’qondan 25 kilometr Janubi g’arbda. Aholisi 21 ming kishi (2005). Yaypanda paxta tozalash zavodi, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tresti, kichik, xususiy korxona va firmalar, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 4 umumiy ta’lim maktabi, musiqa maktabi, tuman Markaziy kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i, stadion bor. Markaziy kasalxona, stomatologiya poliklinikasi aholiga xizmat ko’rsatadi. Yaypandan Farg’ona, Qo’qon va boshqalar shaharlarga avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan.