YADRO KIMYOSI
YADRO KIMYOSI — moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan o’zaro bog’liq holda umumlashtirib o’rganuvchi fan. Ba’zan “Yadro kimyosi” termini radioknmyo ma’nosida qo’llanadi. Bu noto’g’ri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot ob’yekti atom yadrosining xossalari va yadro reaktsiyalari bo’lsa, radiokimyoning tadqiqot ob’ekti radioaktiv yadrolarning xossalarini kimyoviy muammolar yechimi uchun qo’llanishidir. Yadro kimyosining asosiy yo’nalishlari: yadro reaktsiyalarini va yadroviy o’zgarishlarning kimyoviy oqibatlarini o’rganish; “yangi atomlar” kimyosi; Myossbauer effekti; yangi elementlar va radionuklidlar, radioaktiv parchalanishning yangi turlarini topish. Bu muammolarni echishda radiokimyo, ionizatsiya, so’nggi yillarda massspektrometriya, shuningdek, qalin qatlamli fotoemulsiya usullaridan foydalaniladi. Yadro kuch qurilmasi — Yadro kimyosining muhim vazifasi yadro reak- tsiyalari mahsulotlarini radiokimyo usullari yordamida ajratib olish va identifikatsiya qilishdir. Shu sababli Yadro kimyosi va radiokimyo bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ular birgalikda o’rganiladi. Yadro kimyosi usullari boshqa sohalarga taalluqli tadqiqotlar va ishlab chiqarishni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Bular kimyo va texnologiyada — nishonlangan atomlar usuli, aktivasion analiz, nurlanishdan foydalanishga asoslangan texnologik o’lchov asboblari, tibbiyotda — radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti, radioimmunologik analiz, geologiya va arxeologiyada — sanani radioaktiv aniqlash va boshqalar Yadro kimyosining paydo bo’lishi uran radioaktivligining ochilishi (A.Bekkerel, 1896), toriy va uning parchalanish mahsulotlari — yangi radioaktiv elementlar — poloniy va radiyning kashf etilishi (P.Kyuri va M.Sklodovskaya— Kyuri, 1898) bilan bog’liq. Yadro kimyosining keyingi rivojlanishiga sun’iy yadroviy o’zgarishlarning ochilishi (E.Rezerford, 1919), tabiiy radionuklidlar atom yadrolarining izomeriyasi (O.Gan, 1921), va sun’iy atom yadrolarining (I.V.Kurchatov va boshqalar, 1935), neytronlar ta’sirida uran yadrolarining bo’linishi (O.Gan, F.Shtrasman, 1938), uranning spontan emirilishi (G.N.Flyorov va K.A.Petrjak, 1940) sabab bo’ldi. Yadro reaktorlari (E.Fermi, 1942) va zarrachalar tezlatkichlarining kashf etilishi (J.Kokroft va E.Uolton, 1932) yuqori energiyali zarrachalar bilan murakkab yadrolarning o’zaro ta’sirida kechadigan jarayonlarni o’rganish, sun’iy radionuklidlar va yangi elementlarni sintez qilishga imkon berdi. Ad:. Chopping G., Gidberg Ya ., Yadernaya ximiya. Osnovm teorii i primeneniya, Per. s angl., M., 1984. Saidahmad Xo’jayev.