YAMAL YARIM OROLI
YAMAL YARIM OROLI (nemescha ya – yer va mal — oxiri) — Rossiya Federatsiyasi G’arbiy Sibirning shimoldagi yarim Orol. Maydoni 122 ming kilometr kvadrat. Yer yuzasi tekislik. Uzunligi 700 kilometr. Eng baland joyi 84 metr. Eni 240 kilometrgacha. Ko’p yillik muzloq gruntlar, gidrolakkolitlar, termokarst, botiklar va boshqalar relef shakllari tarqalgan. Qirg’oqlarining kattagina qismi dengizdan qum tillari bilan ajralib turgan pasttekislik, unchalik chuqur bo’lmagan qo’ltiqlardan iborat. Ko’l ko’p (Yarroto, Yambuto, Neyto va boshqalar). Tundra o’simliklari bilan qoplangan; Janubda o’rmonli tundra bor. Hayvonlardan lemming, peses, shimol bug’usi mavjud; qushlardan qur, qutb boyqushi, yoz kunlari ko’plab g’oz va o’rdaklar uchib keladi. Bug’uchilik, ovchilik, baliq ovlash rivojlangan. Gaz konlari topilgan. Ob qo’ltig’i qirg’og’ida dengiz kemalari to’xtaydigan joy — Noviy port bor.